Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qahvaning bir kunlik me’yori qancha?

Qahvaning bir kunlik me’yori qancha?

Foto: «Marathonec.ru»

Sog‘lom odam bir kunda qancha qahva ichgani ma’qul? Xuddi shu savolga javob berish uchun Avstraliya, AQSh va Buyuk Britaniya olimlari birgalikda katta izlanish olib borishdi.

Olimlar 4 800 kishi qatnashgan 300 ta tadqiqotni tahlil qilishdi.

Ushbu tadqiqotda qatnashganlarning yoshi, ish joyi, tana vazni indeksi, zararli odatlari hamda jismoniy faolligi inobatga olindi. Eng asosiysi, bu insonlarning barchasi — qahvaxo‘rlar.

Aniqlanishicha, qahva nafaqat insonni tetiklashtiradi, balki uning sportdagi muvaffaqiyatlarini ham kafolatlaydi. Faqat me’yorni bilsangiz bas.

Sportchi mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish uchun kuniga ikki finjon (chashka) qahva ichsa yetarli, deyiladi «Science Alert» saytida chop etilgan tadqiqotda.

Muntazam ravishda va kam miqdorda kofein iste’mol qilish sport mashg‘ulotlari unumini 16 foizga yaxshilaydi.

Olimlarning ta’kidlashlaricha, sog‘lom inson uchun bir kunlik kofein «normasi» — tana vazni har bir kilogrami uchun uchdan olti milligramgacha. Aytaylik, 70 kilolik odam uchun bir kunda 210—420 milligramm yetarli.

Bu, oddiy til bilan aytganda, kuniga — ikki finjon.

Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi «doza» ilgaritdan qahva ichib yurgan, jismoniy faol kishilar uchun mo‘ljallangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring