Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinning Ukraina urushidan ko‘zlayotgan asosiy maqsadlari aytildi

Putinning Ukraina urushidan ko‘zlayotgan asosiy maqsadlari aytildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tarjimai holi muallifi, britaniyalik jurnalist va yozuvchi Filipp Short Guardian gazetasida chop etilgan maqolasida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi maqsadlarini tahlil qildi. 

Shortning so‘zlariga ko‘ra, Putinning maqsadi nafaqat Kiyevdagi rejimni o‘zgartirish, balki, eng muhimi, NATO uni to‘xtatishiga ojizligini isbotlashdir.

Putin g‘alabani e’lon qila olishi uchun Moskvaga katta yutuqlar kerak emas. Rossiya uchun butun Donbass va Qrimga boradigan quruqlikdagi ko‘prikni nazorat qilish kifoya, deydi Short.

Ammo Putin ko‘proq narsani xohlaydi. Agar rus qo‘shinlari Odessa va unga tutash Qora dengiz sohillarini egallab olsa, bu Ukraina uchun misli ko‘rilmagan yo‘qotish bo‘ladi. 

Ukrainadagi urush yakka holda sodir bo‘lmaydi. Rossiya Yevropada AQSh o‘rnatgan xavfsizlik tartibiga qarshi chiqayotgan bo‘lsa, Xitoy Osiyoda Vashingtonga qarshi chiqmoqda. Natijalari o‘nlab yillar davomida to‘liq namoyon bo‘lmaydigan geosiyosiy kurash boshlandi. Sovuq urushdan keyingi 30 yillik dunyo tartibi nihoyasiga yetmoqda. Dunyo kuchlarning yangi muvozanatini kutmoqda, deb yozadi Filipp Short Guardian gazetasi sahifalarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring