Putinning sovg‘asini o‘g‘irlagan shaxs jazolandi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Novgoroddagi Valdayskiy Iverskiy erkaklar monastiriga 2001-yili ilk marotaba tashrif bilan kelganida ikona sovg‘a qilgan, keyinchalik o‘sha ikona o‘g‘irlab ketilgan ekan.
Novgorod viloyati sudlari birlashgan matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘g‘rilik 2020-yilning 1-sentyabriga o‘tar kechasi sodir etilgan. Leningrad viloyatida yashovchi 46 yoshli Aleksandr Alekseyev sherigi bilan Selvitskiy oroliga suzib kelishgan, darvoza ostini qazib, monastirga kirishgan. Hammasi xuddi kinolardagidek.
Sheriklar ikonaga qo‘shib xoch va boshqa oltin buyumlarni — taxminan 5 million rubl qiymatidagi narsalarni o‘g‘irlab olib chiqib ketishgan.
Sud qarori bilan Aleksandr Alekseyev yetti yilga ozodlikdan mahrum etilib, qattiq qo‘riqlanadigan koloniyaga yuborilgan. Sherigi ustidan boshqa ish ochilgan, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter