Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinning ashaddiy raqibi yana 19 yilga «kesib» yuborildi

Putinning ashaddiy raqibi yana 19 yilga «kesib» yuborildi

Rossiyada siyosiy muxolifatchi Aleksey Navalniy ekstremistik jamiyat tashkil qilganlikda ayblanib, 19 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Hukmni e’lon qilish, shuningdek, ish bo‘yicha sud majlislari (iyun oyining o‘rtalaridan boshlab) yopiq eshiklar ortida o‘tdi.

Prokuror muxolifatchini qattiq rejimdagi koloniyada 20 yilga ozodlikdan mahrum etishni so‘ragan.

Navalniyga qarshi 2021-yil sentyabrida ekstremistik tashkilot tuzish va unga rahbarlik qilish bo‘yicha jinoiy ish ochilgandi. Tergov qo‘mitasi amaldagi hukumatni keskin tanqid qilib kelgan FBK(Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi)ni Rossiya Federatsiyasida konstitutsiyaviy tuzum asoslarini o‘zgartirishga ekstremistik tashkilot sifatida e’lon qilgan. 

Navalniy siyosiy mahbus va prezident Putinning ashaddiy raqibi sifatida ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, Navalniy ilk bor 2021-yilda Moskvaning Simonovskiy sudi tomonidan «Iv Roshe» ishi bo‘yicha 3,5 yilga umumiy tartibdagi koloniyaga hukm etilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring