Putin Yaqin Sharqdagi og‘ir vaziyatni baholadi
Avvalroq saytimizda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroil bosh vaziri bilan uchrashish oldidan Rossiya xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashuvida ikki tomonlama munosabatlar va mintaqadagi «keskin vaziyat» deya atalayotgan muammolarni gaplashib olishni taklif qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qilmoqda.
«Albatta, biz sizning bugungi tashrifingiz doirasida ikki tomonlama munosabatlar va mintaqadagi muammolarni gaplashib olamiz. Vaziyat, bilasiz, keskin. Umid qilamanki, biz muammolarni nafaqat muhokama qilamiz, balki vaziyatni yumshatish uchun zarur choralarni axtaramiz, keskin ziddiyatdan chiqish yo‘llarini topamiz», – dedi Putin Netanyahu bilan ochiq muloqotda.
O‘z navbatida, Isroil bosh vaziri ham xuddi shunday yo‘l tutish tarafdori ekanini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter