Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin va To‘qayev nimalarni kelishib oldi?

Putin va To‘qayev nimalarni kelishib oldi?

Kecha, 9 noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ostonaga rasmiy tashrif bilan borib, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar yakunida To‘qayev va Putin mamlakatlar o‘rtasida XXI asrda yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnoma qabul qilinganining o‘n yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma bayonot hamda 2024−2026 yillar uchun hamkorlik rejasini imzoladilar.

Tomonlar quyidagi tadbirlar rejasini kelishib oldilar:

  • 2024−2026 yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida;
  • Qozog‘iston Moliya vazirligining Davlat daromadlari qo‘mitasi va Rossiya Federal bojxona xizmati o‘rtasidagi 2024−2025 yillarga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida.

Bundan tashqari, Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasida qator memorandumlar imzolandi:

  • Energetika vazirliklari o‘rtasida uchta: «Kokshetau», «Semey» va «Ust-Kamenogorsk» issiqlik elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida;
  • Qozog‘iston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish qo‘mitasi hamda Rossiya Mehnat va bandlik federal xizmati o‘rtasida mehnat inspeksiyasi masalalari bo‘yicha o‘zaro tushunish va hamkorlik to‘g‘risida.

Mintaqalararo hamkorlik forumida Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash bugungi kunda rekord darajadagi 27 mlrd dollarga yetganini qayd etdi.

«Yaqinda Rossiya gazining Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tranzitini boshlagani muhim voqea bo‘ldi. Bu loyiha Markaziy Osiyoda mintaqaviy barqarorlik va energetika xavfsizligini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi», — dedi u.

Prezidentlar muzokaralarda neft-gaz sanoati, mashinasozlik, energetika, transport-logistika, sog‘liqni saqlash va madaniy-gumanitar aloqalar kabi sohalardagi hamkorlikni ham muhokama qilishgan.

«Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari ishonchli tarzda rivojlanmoqda. Raqamlar, albatta, buni yaqqol ko‘rsatib turibdi. Ertaga Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida XXI asrda yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik to‘g‘risidagi asosiy shartnoma tuzilganiga 10 yil to‘ladi. Bu hujjat ko‘p qirrali do‘stona munosabatlarimizni rivojlantirish uchun mustahkam asos bo‘ldi», — dedi Vladimir Putin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring