Putin va Saudiya valiahd shahzodasi neft bozori haqida gaplashib olishdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Al Saud bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kun tartibidagi masalalar, jumladan, Ukraina va Yamandagi vaziyat yuzasidan fikr almashilgan.
«Ikki tomonlama hamkorlik, jumladan, savdo-iqtisodiy sohadagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga hayrixohlik bildirildi.
OPEK+ formatida jahon neft bozori barqarorligini ta’minlashga qaratilgan hamkorlikdagi ishlar ham ijobiy baholandi», deyiladi Kreml xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter