Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin va Medvedev qayerda? Rasmiy javob berildi

Putin va Medvedev qayerda? Rasmiy javob berildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ayni damda Kremlda ishlamoqda.

Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib, davlatga qarashli RIA «Novosti» agentligi xabar bermoqda.

Shuningdek, Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Moskvani tark etgani haqidagi xabarlar ham rad etildi. 

Rossiya OAVlariga ko‘ra, poytaxt Moskvaga kirish yo‘llarini harbiylar egallagan, ular xavfsizlik choralarini ko‘rmoqda. Prigojin kuchlari esa Moskvadan 4-5 soatlik yo‘ldagi Lipetskka yetib kelgani haqida ma’lumotlar mavjud. 

Eslatib o‘tamiz, 24-iyun kuni «Vagner» harbiy shirkati kuchlari Yevgeniy Prigojinning bayonotlaridan keyin Rostov-Donga kirdi.

Rossiyada og‘ir siyosiy vaziyat yuzaga keldi. Putin videomurojaat yo‘llab, Prigojinning harakatlarini «xiyonat» deb atadi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring