Putin va BMT bosh kotibi Moskvada uchrashdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan Moskvada uchrashuv o‘tkazmoqda.
Muloqot davomida Buchadagi qirg‘inni «provokatsiya» deb atagan Putin, uning ortida kim turganini bilaman, dedi.
Antoniu Guterrish Rossiyaning Ukrainaga hujumi BMT Nizomiga zidligini ta’kidlagan.
Bosh kotib tinch aholini evakuatsiya qilish uchun gumanitar yo‘laklar ochish va keyinchalik hozirgidek gumanitar koridorlarning ishlamayotganiga o‘zaro ayblovlar yuzaga kelmasligi uchun BMT, Rossiya va Ukraina vakillaridan iborat kontakt guruhini tashkil etish taklifini kiritgan.
Guterrish bungacha RF TIV rahbari Sergey Lavrov bilan, dushanba kuni esa Anqarada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashgandi.
Payshanba kuni Guterrish Kiyevga, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvga jo‘naydi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter