Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Ukrainada gipertovushli qurollar ishlatilishi bo‘yicha savolga javob berdi

Putin Ukrainada gipertovushli qurollar ishlatilishi bo‘yicha savolga javob berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya armiyasi Ukrainada gipertovushli qurollardan foydalanmasligini, biroq ular mamlakat armiyasida mavjudligini iddao qildi.  Bu haqda RIA Novosti xabar bergan. 

«Masalan, quruqlikdagi qo‘shinlarni rivojlantirish bo‘yicha bizda ko‘p ish qilish kerak, lekin o‘shanda bizda gipertovushli qurollar yo‘q edi, lekin hozir mavjud. Ha, biz undan hozir foydalanmaymiz, lekin u mavjud», — dedi Putin.

Rossiya rahbari, shuningdek, mamlakatda 2014 yilda mavjud bo‘lmagan boshqa zamonaviy tizimlar mavjudligini ham qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, Putin avvalroq mamlakat qo‘shinlari egallab olgan Mariupol shahriga borgandi. Bu tashrif Gaaga sudi Putinni qamash bo‘yicha order berishi fonida yuz berdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring