Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Ukraina bo‘yicha vaziyatda SSSR rahbarlarini aybladi

Putin Ukraina bo‘yicha vaziyatda SSSR rahbarlarini aybladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi vaziyatda sobiq SSSR rahbarlari va G‘arbni ayblab chiqdi. 

Uning aytishicha, Sovet Ittifoqi rahbarlarining qarorlari Ukrainadagi hozirgi vaziyatda salbiy rol o‘ynagan. Bu haqda Putin Mo‘g‘ulistonga safari arafasida «Onoodor» gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi mavjud vaziyatga tashqi va ichki omillarning butun majmuasi sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.

«Sovet rahbarlarining milliy-hududiy masala bo‘yicha qarorlari oqibatlari ham salbiy rol o‘ynadi», dedi Rossiya rahbari.

Katta ehtimol bilan Putin Nikita Xrushyov davrida, 1954-yilda Qrimning Rossiyadan Ukrainaga o‘tkazilishi va boshqa omillarni nazarda tutgan. U bir necha yillar avval «ayrim sobiq Ittifoq davlatlari Rossiya hisobiga o‘z hududlarini to‘ldirib olgani»dan nolib chiqqandi. 

O‘sha intervyuda Putin AQSh boshchiligidagi «kollektiv G‘arbning qasddan amalga oshirilayotgan Rossiyaga qarshi siyosati» Ukrainadagi fojianing asosiy sababi ekanligini aytdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring