Putin Suriyada jarohatlangan ukrainalik ayolga Rossiya fuqaroligini berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin iyun oyida bo‘lib o‘tgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida unga murojaat qilgan ukrainalik Irina Barakat ismli ayolga Rossiya fuqaroligini berdi, deb xabar tarqatdi «Lenta.ru».
Suriyaning Halab shahrida jarohatlanganidan so‘ng Sankt-Peterburg harbiy tibbiyot akademiyasida davolanayotgan Barakat 7 iyun kuni efirga qo‘ng‘iroq qilgan edi. U Suriyada tarjimon bo‘lib ishlagan.
Prezidentga murojaatida u Ukraina fuqarosi sifatida turmush o‘rtog‘i va bolalarini Sankt-Peterburgga chaqira olmayotgani sababli Rossiya fuqaroligini olishda yordam berishni so‘ragan edi. Bundan tashqari u fuqarolikka ega bo‘lmagani uchun bepul protezlar olish huquqiga ham ega emasdi.
«Men mudofaa vazirligidan hamkasblaringiz u yerda (Suriyada) qarindoshlaringizni topishlarini, ularni Rossiyaga olib kelishlarini so‘rayman. Va mendan so‘rayotgan narsangizni bajaraman», — deya va’da qilgan edi Putin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter