Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Rossiya-Misr o‘yiniga bormaydi

Putin Rossiya-Misr o‘yiniga bormaydi

Foto:«Wikipedia»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya – Misr o‘yinini jonli efirda tomosha qila olmaydi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

«Ertaga Vladimir Putin Minskda bo‘ladi. U o‘yinni jonli tomosha qila olmasligi mumkin. Lekin u har qanday sharoitda ham o‘yin haqida xabardor bo‘lib turadi, hisobni kuzatib borishga qiziqadi», – degan Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Shuningdek, Peskovning aytishicha, Putin chempionat o‘yinini tomosha qilishga bormaydi.

«Hozircha bunday reja yo‘q, jadvalda ko‘rsatilmagan», – degan matbuot kotibi.

Rossiya – Misr o‘yini 19-iyun kuni «Sankt-Peterburg» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Viktoriya Lopiryova (sport telekanali boshlovchisi) Putindan Rossiya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga kelishini so‘ragan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring