Putin o‘zining va Medvedevning oyligini oshirdi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 2019-yil 1-oktyabrdan prezident va hukumat raisining maoshini 4,3 foizga oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar berdi «TASS».
Shuningdek, prezident farmoniga ko‘ra, Mudofaa vazirligi, FVV, IIV, FXX, Rosgvardiya, Tashqi razvedka xizmati, FQX, Davlat feld’yeger xizmati, General prokuratura va RF tergov qo‘mitasi rahbarlari, Xavfsizlik kengashi kotibi, hukumat raisining birinchi o‘rinbosari, MSK raisi, uning o‘rinbosari va kotibi, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha vakilning ish haqi 4,3 foizga oshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter