Putin gruziyaliklar uchun vizani bekor qildi. Gruziya rahbari buni «provokatsiya» demoqda
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gruziya fuqarolari uchun Rossiya kirishda viza talabini bekor qilishni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi.
Shuningdek, Rossiya aviakompaniyalarining Gruziyaga uchishi bo‘yicha qo‘yilgan taqiq ham bekor qilindi.
Ushbu taqiqlar 2012-yilda kiritilgandi.
Ammo. Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili Rossiya tomonining mazkur qarorlarini noxush qabul qilgan.
«Rossiya provokatsiyasi. Ukraina ruslar tomonidan bombalanayotgan paytda fuqarolarimiz uchun vizaning bekor qilinishi juda yoqimsiz», deya yozadi Tvitterda Zurabishvili.
Shuningdek, u Gruziya xavfsizlik kengashini chaqirib, ulardan Rossiya fuqarolari uchun viza joriy etishni so‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter