Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin «G‘alaba kuni» munosabati bilan 3 kunlik otashkesim e’lon qildi

Putin «G‘alaba kuni» munosabati bilan 3 kunlik otashkesim e’lon qildi

Rossiya prezidenti G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan 3 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish haqida qaror qabul qildi.

Ushbu hujjat bilan «insonparvarlik nuqtai nazaridan kelib chiqib, G‘alabaning 80 yilligi nishonlanadigan kunlarda, ya’ni 7-maydan 8-mayga o‘tar kechasidan to 10-maydan 11-mayga o‘tar kechasiga qadar Rossiya tomoni o‘t ochishni to‘xtatish rejimini e’lon qiladi». Bu davrda barcha harbiy harakatlar to‘xtaydi.

O‘z navbatida, Rossiya Ukraina tomoni ham bundan namuna olishi kerak, deb hisoblaydi.

Ukraina tomonidan otashkesim buzilgan taqdirda, Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari tegishli va samarali javob beradi.

Shuningdek, Putin imzolagan hujjatda Rossiya tomoni Ukraina inqirozining asl sabablarini bartaraf etishga va xalqaro hamkorlar bilan konstruktiv hamkorlik qilishga qaratilgan dastlabki shartlarsiz tinchlik muzokaralariga tayyorligi ham e’lon qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring