Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin bugun «katta yig‘ilish» o‘tkazadi

Putin bugun «katta yig‘ilish» o‘tkazadi

Maxachqal’a aeroportidagi holat bo‘yicha Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda BBC News xabar berdi.

Kreml ta’kidlashicha, prezident Vladimir Putin bugun, dushanba kuniyoq «katta yig‘ilish» o‘tkazib, «G‘arbning Yaqin Sharqdagi voqealardan Rossiya jamiyatini parchalash uchun foydalanishga urinishlarini» muhokama qiladi.

Yig‘ilishda Bosh vazir Mixail Mishustin, Rossiya parlamentining ikki palatasi spikerlari va xavfsizlik bloki rahbarlari – Bosh prokuror, Xavfsizlik kengashi kotibi, Mudofaa va Ichki ishlar vazirlari, Rossiya gvardiyasi boshlig‘i, Tashqi ishlar vaziri, Tergov qo‘mitasi hamda Federal xavfsizlik xizmati rahbarlari qatnashadi.

Tartibsizliklardan bir necha soat o‘tgach, Dog‘iston rahbari Sergey Melikov hodisaga Ukrainaning aloqadorligi haqida da’vo qildi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Dog‘istondagi tartibsizliklarni chet el aralashuvi bilan bog‘ladi.

«Ma’lum va ravshanki, kechagi Maxachqal’a aeroporti atrofidagi voqealar asosan tashqi aralashuv, jumladan tashqi axborot ta’sirining natijasidir», — dedi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, Maxachqal’a aeroportidagi hodisada 20dan ziyod kishi jabrlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring