Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin: 2 hafta ichida barcha safarbarlik tadbirlari yakunlanadi

Putin: 2 hafta ichida barcha safarbarlik tadbirlari yakunlanadi

Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan RF prezidentining matbuot anjumanida Vladimir Putin 2 hafta ichida barcha safarbarlik tadbirlari yakunlanishini ma’lum qildi.

«Qisman safarbarlik doirasida chaqirilganlarning barchasi harbiy tayyorgarliklardan o‘tishi kerak. Barcha safarbarlik tadbirlari 2 hafta ichida yakunlanadi.

Hozirda Mudofaa vazirligidan safarbarlik bo‘yicha yangi takliflar kelib tushmadi va rejalashtirilgani ham yo‘q», – dedi Putin.

U, shuningdek, safarbarlikning zarurati to‘g‘risida ham to‘xtalib: «Ukraina bilan aloqa chizig‘imiz 1,1 ming km, uni faqat shartnoma bo‘yicha harbiylar himoya qilishning iloji yo‘q, shuning uchun ular safarbarlik e’lon qilishga majbur bo‘lishdi», – deydi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring