Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pullik trassalarni qurishga davlat budjetidan pul ajratilmaydi

Pullik trassalarni qurishga davlat budjetidan pul ajratilmaydi

Foto: «Xabar.uz»

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi mas’ul xodimi Farrux G‘afforov ma’lum qildi.

Toshkent-Samarqand pullik avtomobil yo‘li bo‘yicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki konsultantlari bilan bitim imzolandi va hozirda o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha umumiy kapital xarajatlari taxminan 1,5 mlrd. AQSh dollaridan oshadi. 300 km.lik yo‘l uchun umumiy qurilish davri  qurilish ketma-ketligiga ko‘ra 5-8 yilni tashkil etishi mumkin.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yo‘ldan foydalanish narxlari yengil avtomobil va yengil yuk mashinalar uchun taxminiy narx 5 va 7 AQSh dollari,  va yuk mashinalari va avtobuslar uchun 15-20 AQSh dollari etib ko‘rsatilgan. 

DShX to‘g‘risidagi bitim taxminan 30 yil muddatga tuzilishi ko‘zda tutilgan. 

Loyihani moliyalashtirish davlat budjetidan emas, asosan, xususiy sherik, ya’ni xorijiy investor tomonidan amalga oshiriladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, hali mazkur loyihalar bo‘yicha aniq belgilangan marshrut va narxlar mavjud emas. So‘nggi tasdiqlangan raqamlar Hukumat va investorlar o‘rtasida tuziladigan kelishuv asosida aniq bo‘ladi. Aytilgan raqamlar xalqni amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar bo‘yicha umumiy tushunchaga ega bo‘lishi uchun ma’lum qilindi.

Xalqaro tajribaga ko‘ra, pullik yo‘l qurilganda odatda aholi uchun bepul alternativ yo‘l saqlanib qoladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring