Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sberbank» birgina so‘z sabab har qanday pul o‘tkazmalarini bloklamoqda

«Sberbank» birgina so‘z sabab har qanday pul o‘tkazmalarini bloklamoqda

Foto: «E-news.su»

Internet tarmoqlarida Rossiyaning eng mashhur banki — «Sberbank» mutlaq aybsiz insonlarning pul o‘tkazmalarini birgina so‘z sababli bloklamoqda, deb xabar tarqatdi «Hi-tech.mail.ru».

«Sberbank» anchadan buyon «terrorchilarni moliyalashtirish»ni aniqlash bo‘yicha faol siyosat yuritib kelmoqda va buning oqibatida yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlarning hisob raqamlarini bloklamoqda. Aniqlanishicha, bankning ushbu tizimi ro‘yxatiga kiritilgan bir qator kalit so‘zlarni kuzatishga mo‘ljallangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ro‘yxatdan «agent» so‘zi ham o‘rin olgan. Natijada tizim shu so‘zga oid barcha pul o‘tkazmalarini bloklamoqda. Foydalanuvchilarning yozishicha, buning oqibatida «kimyoviy reAGENT» va «AGENTlik shartnomasi» kabi jumlalar ham blokka duchor bo‘lgan.

«Facebook»dagi guruhda qoldirilgan izohlarga ko‘ra, bank bunga qarshi hech nima qila olmaydi — jarayon shunaqa. Jabr ko‘rganlardan barcha hujjatlarni qog‘oz ko‘rinishida yig‘ish, shuningdek, xorij agentlari yoki terrorchilariga pul o‘tkazmayotgani yozilgan arizani yozishlari kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring