Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pul ko‘paytirib beraman degan shaxs qo‘lga tushdi

Pul ko‘paytirib beraman degan shaxs qo‘lga tushdi

Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi 77 yoshli Q.S.ga noma’lum shaxs qo‘ng‘iroq qilib, birja orqali pullarini ko‘paytirib olishni taklif qilib, 13.365 AQSh dollari  miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritib g‘oyib bo‘lganligini ma’lum qilgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi 31 yoshli fuqaro A.F. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.

A.F. O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Qonunga muvofiq, A.F. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring