«PSJ» mehmonda «Arsenal»ni mag‘lubiyatga uchratdi

Yevropa Chempionlar ligasining ilk yarim final o‘yinida «Arsenal» o‘z maydonida «PSJ»dan mag‘lubiyatga uchradi (0:1).
Uchrashuvdagi yagona golni Xvicha Kvaratsxeliyaning uzatmasidan so‘ng Usmon Dembele 4-daqiqada mezbonlar darvozasiga kiritdi. «Arsenal» hujumchisi Mikel Merinoning 47-daqiqadagi goli hakam tomonidan bekor qilindi — o‘yindan tashqari holat.
Javob uchrashuvi 7-may kuni Parijdagi «Park-de-Prens»da bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter