Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sardoba»dan chiqqan suv Qozog‘istonga ham yetib bordi, aholi evakuatsiya qilindi

«Sardoba»dan chiqqan suv Qozog‘istonga ham yetib bordi, aholi evakuatsiya qilindi

Foto: «Kazinform»

Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba» dambasining o‘pirilishi sababli Qozog‘istonning bir nechta aholi punktlarida suv toshdi. Bu haqda «Kazinform» xabar bermoqda.

Turkiston viloyatining Maktaaral tumanidan 5400 aholi evakuatsiya qilindi.

«Suv oqimini pasaytirish uchun o‘zbek tomoni sug‘orish kanallari shlyuzlarini ochib yubordi. Natijada Turkiston viloyati Maktaaral tumanining chegara kollektorlari suvga to‘ldi. Bu esa kanallardan suv chiqib, Jenis va Jana Turmis aholi punktlarida toshqin yuz berishiga sabab bo‘ldi»,- deyiladi viloyat akimati xabarida.

Hodisa yuzasidan operativ shtab tashkil qilinib, texnogen tusdagi favqulodda holat e’lon qilindi. Jenis, Jana Turmis va Nurli jol aholisini evakuatsiya qilish qaror qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring