Prokuror o‘rinbosari hokimlikka tayinlandi
Bulung‘ur tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Baxramov Baxodir Abdullayevich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Sessiyada deputatlar tomonidan Astanov Samandar Mustafoqulovich nomzodi Bulung‘ur tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Mazkur tayinlovga qadar Astanov Samandar Mustafoqulovich Samarqand viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Avvalroq Romitan tumani hokimi almashgani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter