Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuraturaning yana bir xodimi 41 yoshida yurak xurujidan vafot etdi

Prokuraturaning yana bir xodimi 41 yoshida yurak xurujidan vafot etdi

Foto: Xabar.uz

Koson tumani prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan adliya maslahatchisi Sheraliyev Bahodir Haydarovich 41 yoshida olamdan o‘tdi. O‘limga yurak xuruji sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Chiroqchi tumanida tug‘ilgan B.Sheraliyev Samarqand davlat universitetidagi tahsildan so‘ng Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar prokuraturasida faoliyat boshlagan. O‘tgan yillar davomida tizimda turli lavozimlarda ishlab, mehnatkash va ochiqko‘ngil ekani bilan hurmat qozongani aytiladi.

«Xabar.uz» jamoasi marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Bosh prokuratura mas’ul xodimi 33 yoshida vafot etgani xabari berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring