Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nafaqa va ma’naviy zarar mojarosi: prokuraturaning protesti naqdga o‘xshaydi

Nafaqa va ma’naviy zarar mojarosi: prokuraturaning protesti naqdga o‘xshaydi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2022 yil 28 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining S. Rahmonovning oilasiga 951 275 952 so‘m miqdorida biryo‘la to‘lanadigan nafaqa puli va 20 000 000 so‘m miqdorida ma’naviy zarar undirish haqidagi hal qiluv qarori, bu haqidagi xabarlarni javobgar taraf (Bosh prokuratura) iliq kutib olmasligi avvaldan ma’lum edi. 

Shunday bo‘ldi ham. Sudning qarori haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi ortidan Bosh prokuraturaning bayonoti e’lon qilindi. Biroz asabiy, biroz pisanda va katta ishonch ohangidagi bayonotda «...tizimdagi har bir xodim va uning oila a’zolarining munosib ijtimoiy himoya qilinishidan birinchi navbatda Bosh prokuraturaning o‘zi manfaatdor» ekani ta’kidlanadi. Eng asosiysi, sud qarori hali qonuniy kuchga kirmagani eslatilib, «...hal qiluv qarorining asosliligi Bosh prokuratura tomonidan atroflicha» o‘rganilishi va albatta «tegishli munosabat bildirilishi» urg‘ulanadi.

Bayonotdagi ta’kid va urg‘ular sudning hal qiluv qaroriga nisbatan prokuratura protest berishi ehtimoli yuqori ekanidan dalolat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 33 yoshli xodimi Samir Rahmonov vafot etgandi.

Marhumning otasi A’zamjon Rahmonov o‘g‘li xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda ish joyida vafot etganligi, to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandlari boquvchisiz qolsa-da, uning oilasiga qonunga asosan kafolatlangan nafaqa pullari to‘lab berilmayotgani uchun Bosh prokuraturani sudga bergandi. 

E’tiborlisi, fuqarolik ishlari byicha Mirobod tumanlararo sudida dastlab da’vo ariza rad qilingan bo‘lsa, mazkur qaror Toshkent shahar sudida bekor qilinib, ishni yangidan ko‘rish uchun yana shu sudga yuborgach, bu safar da’voni qisman qanotlantirish haqida hal qiluv qarori chiqarildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring