Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura Zarbdor hokimiyati mansabdorlariga jinoiy ish ochdi

Prokuratura Zarbdor hokimiyati mansabdorlariga jinoiy ish ochdi

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida «M.P.» xususiy korxonasi rahbari o‘ziga ajratilgan yerdan tashqari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun mo‘ljallangan 48 ball bonitetiga ega jami 9 gektar yer maydonini noqonuniy egallab, davlat va jamiyat manfaatlariga 4 milliard 400 million so‘m miqdorda zarar yetkazgan.

Gap shundaki, tuman hokimining tegishli qarori bilan xususiy korxonaga baliqchilikni rivojlantirish maqsadida sun’iy havza yaratish uchun jami 20 gektar suvli yer maydoni ijaraga ajratilgan. Lekin u bunday imkoniyatdan unumli foydalana olmagan.

Jizzax viloyati prokuraturasi sun’iy baliqchilik havzalarida o‘tkazilgan tekshirishda shu narsa aniqlangan. Natijalarga ko‘ra, tuman hokimligi mansabdor shaxslari monitoring o‘tkazmagan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Zarbdor tuman hokimligi mas’ul mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 205-moddasi hamda «M.P» xususiy korxona rahbariga nisbatan 192-11-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring