Prokuratura Chilonzor ko‘chasidagi holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi
Chilonzor ko‘chasini rekonstruksiya qilish jarayonida eman va chinor daraxtlariga zarar yetkazilgani xabar qilingandi.
Bosh prokuratura holatni tekshirgan.
«Mutaxassislar tomonidan Chilonzor shoh ko‘chasidagi qurilish hududida mavjud bo‘lgan 108 ta daraxtlar ahvoli o‘rganildi.
O‘rganishda 7 dona «Eman» daraxtining tomir qismi ochilishi oqibatida shikast yetkazilgani hamda daraxtlar xavf ostida qolgani aniqlandi.
Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, ushbu holatda zudlik bilan choralar ko‘rilmagan taqdirda shikast yetkazilgan daraxtlar qurishi oqibatida tabiat va atrof muhitga 348,9 mln. so‘m zarar yetkazilishiga olib kelishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi bosh prokuratura xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter