Prokuratura bolalarini o‘ldiraman deb qo‘rqitgan ota bo‘yicha ma’lumot berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Qashqadaryoda ota farzandlarini o‘ldirish bilan tahdid qildi. Vaziyat shoshilinch chora ko‘rishni taqozo qilmoqda» xabari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat prokuraturasi quyidagilarni ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, fuqaro A.R. tomonidan voyaga yetmagan farzandlari Ax.J. va Ad.J.larni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, haqoratlab, tazyiq o‘tkazib kelayotganligi tasvirga olingan.
Voyaga yetmagan shaxslar otasi tomonidan muttasil qiynab, urib, haqoratlab kelinganligi aniqlandi.
Bugun, 21-yanvar kuni viloyat prokurori E.Tadjiyev tomonidan mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida voyaga yetmagan Ax.J. va Ad.J.ni buvisi M.X. bilan birga viloyat prokuraturasiga taklif qilinib, o‘tkazilgan suhbat jarayonida voyaga yetmagan shaxslar otasi tomonidan muttasil qiynab, urib, haqoratlab kelinganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida JKning 110-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.R. qamoqqa olindi.
Shuningdek, voyaga yetmagan shaxslar ijtimoiy himoyaga olinib, tergov harakatlari yuzasidan nazorat o‘rnatildi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter