Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Profilaktika inspektorlarini videoga olish mumkinmi?

Profilaktika inspektorlarini videoga olish mumkinmi?

Foto:«Xabar.uz»

Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari va jurnalistlar bilan ochiq muloqotda  profilaktika inspektorlarini muammoli vaziyatlarda videotasvirga olish mumkin yoki mumkin emasligiga to‘xtalib o‘tildi.

Jurnalist Ahmadjon Yusupovning aytishicha, poytaxt tumanlarining birida quyidagicha voqea sodir bo‘lgan: garajlarning qo‘qqisdan buzilishiga qarshilik qilmoqchi va IIV xodimlari harakatini videotasvirga tushirmoqchi bo‘lgan fuqaroning qo‘lidan telefon tortib olingan va kamiga u IIB bo‘limiga majburlab olib ketilgan. Bu voqea «IIV xodimlari harakatini tasvirga olish mumkin emasmi, bu bo‘yicha qonun-qoida qanaqa?» kabi savollarni tug‘diradi.

IIV huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvohid Ismoilovning aytishicha, shaxsning qadr-qimmatiga tegadigan masalarni tasvirga olish mumkinmas. Boshqa holatlarda bu narsa erkin, kim nimani s’yomka qilishi o‘ziga bog‘liq.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Qutbiddin Burhonovga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha suratga tushirish taqiqlangan ayrim ob’yektlar bor, masalan aeroportlar vokzallar va hokazo. U yerlarga maxsus belgilar qo‘yiladi. Ikkinchidan, fuqarolik kodeksi bo‘yicha, har bir fuqaroning o‘zining huquqi bor. Har qanday odamdan tasvirga olish mumkinligi so‘raladi. Jinoyat masalasida so‘ramasdan tasvirga olish mumkin va tegishli joylarga murojaat etish zarur. Shundan keyin o‘sha holat o‘rganiladi.

«Qayernidir buzish bu IIVning vakolatidagi ish emas. Agar hokimning qarori bo‘lsa IIV xodimi odamlarni ishga jalb qiladi yoki jamoat tartibini saqlash vazifasini bajaradi. Ya’ni buzilishdan avval ikki-uch marta ogohlantiriladi va keyin IIV vakili va sud ishtirokida amalga oshirilishi ta’minlanadi»-, dedi Burhonov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring