Professional boks. Murodjon Ahmadaliyev raqibini texnik nokautga uchratdi
Birinchi yarim yengil vaznda WBA kamari uchun majburiy da’vogar bo‘lgan Murodjon Ahmadaliyev Nyu-Yorkda kolumbiyalik Uilner Sotoga qarshi ringga ko‘tarildi va raqibini texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratdi.
Aslida Murodjon professional boksning ikkinchi yarim yengil (55,3 kg) vazn toifasida qo‘shchempion (WBA va IBF kamarlari sohibi) Daniel Romanga (27-2-1, 10 KO) jang olib borishi kerak edi. Ammo Romanning yelkasidagi jarohat tufayli ushbu jang qoldirildi. Shu bois hamyurtimiz Sotoga qarshi ringga ko‘tarildi.
Jangning dastlabki raundlarida har ikki bokschi tashabbusni o‘z tomoniga og‘dirishga harakat qildi. Murodjon Ahmadaliyev jangning to‘rtinchi raundida ustunlikka erisha oldi va tajribali Uilner Sotoni texnik nokautga uchratdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter