Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Profession de fua. O‘zini «professional» deb bilgan o‘g‘ri qiz jinoyati

Profession de fua. O‘zini «professional» deb bilgan o‘g‘ri qiz jinoyati

Foto: «Google.com»

Sirdaryo viloyatida ikkinchi imkoniyat berilgan jinoyatchi qiz takroran o‘g‘rilikka qo‘l urdi. Bu haqda Xovos tuman IIB huzuridagi TB tergovchisi leytenant Z.S.Primqulov xabar berib o‘tdi.

2014 yil 13 may kuni 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro Shermatova To‘xtagul (barcha ism familiyalar o‘zgartirilgan) jinoyat ishlari bo‘yicha Xovos tuman sudi tomonidan O‘zbekiston respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyat soditr etganlikda aybdor deb topilib, har oyda ish haqining 15 (o‘n besh) foizini davlat daromadi hisobiga ushlub qolish sharti bilan muddati 2 (ikki) yil ahloq tuzatish ishi tayinlanib, O‘zbekiston respublikasi JKning 72-moddasi qo‘llanib, unga shartli hukm qo‘llanilib, bir yil sinov muddati tayinlangan. T.Shermatova 22.12.2014 yildagi amnistiya Qaroriga asosan jazodan ozod etilgan. Bu endi 19 yoshga to‘lgan T.Shermatova uchun hayotini yangitdan boshlash va to‘g‘ri yo‘lga kirishi uchun berilgan imkoniyat edi. T.Shermatova unga berilgan imkoniyatga beparvolik bilan qarab, kasb-hunar kollejini tamomlagach hech bir foydali mehnat bilan shug‘ullanmasdan kunlarini bekorchilik bilan o‘tkazdi. Bu esa uning ma’naviy qashshoqlashib borishi va oson yo‘llar bilan qanday qilib bo‘lsa ham pul topish ilinchiga tushishiga sabab bo‘ldi.

«O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas» deganlaridek u 2019 yil 02 may kuni soat 20:00da o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Xovos tuman, Tinchlik MFY, Qodirov Abdug‘affor akani oila a’zolari bilan birgalikda qarindoshlarining xonadoniga to‘y bo‘layotganligi munosabati bilan mehmondorchilikka ketyotganligini ko‘rib, yana o‘zini guyoki mehribon qo‘shnidek tutib, «Uylaringni qarovsiz qoldirsalaring o‘g‘ri urib ketmasin», – deb oldindan ogohlantirib, A.Qodirovning yashash xonadonining kirish darvozasini kalit orqali ochib, (T.Shermatova kalitni doimiy turar joyini bilar edi) yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yashash xonadonidan 80.000 so‘mlik atir-upalar, ikki dona har birining narxi 120.000 so‘mdan jami 240.000 so‘mlik ayollar atiri, bir dona 1.200.000 so‘mlik tilla zanjir, narxi 1.800.000 so‘mlik bir juft zirak bir dona uzugi bilan tilla jamlamasi, narxi 40 AQSh dollarlik quloqchin va 1.960.000 so‘m, 1 somon hamda 10 somonlik kupyuradagi jami 11 somon miqdoridagi pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.

Xovos tuman IIB xodimlarining olib borgan sa’y harakatlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro T.Shermatova sodir etganligi aniqlanib, undan yashil ko‘zli bir juft zirak va bir dona uzuk tilla jamlamasi, bir dona «FORTUNATA» nomli ayollar atiri, bir dona sariq rangli qutida bo‘lgan «faberlic» nomli ayollar lak bo‘yog‘i, bir dona «PLATINUM» nomli (probnik) ayollar atiri, 8 dona 50.000 so‘mlik kupyuradagi jami 400.000 so‘m hamda bir dona 1 somon va bir dona 10 somon kupyuradagi jami 11 somon miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Daktiloskopik ekspertizaning xulosasiga ko‘ra o‘zini «professional o‘g‘riman» deb bilgan T.Shermatovaning barmoq izlari hodisa sodir bo‘lgan joyda qoldirilganligi aniqlandi.

T.Shermatova o‘zining yuqoridagi uy-joy va boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj kilishda ifodalangan jinoiy xarakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «g» bandida ko‘rsatilgan jinoyatni qasddan sodir etgan.

Mazkur jinoyat ishini ochiq sayyor sud majlisida ko‘rib chiqqan JIB Xovos tuman sudi raisi O.Nabiyev T.Shermatovani O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topib O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismining «g» bandi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi. Bundan tashqari sud tomonidan T.Shermatovaga 1 oy muddat ichida ishga joylashish hamda 3 oy muddat ichida qoplanmagan 3.337.819 so‘m moddiy zararni bartaraf qilish majburiyatlarini yukladi. Adolatli sud tomonidan chiqarilgan ushbu adolatli hukm T.Shermatovaning tuzalish yo‘liga kirish uchun berilgan yana bir imkoniyatdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring