Olimlar koronavirus neandertallarda ham bo‘lganini aniqlashdi
Koronavirus asoratlari bilan bog‘liq odam genlari neandertallarda ham bo‘lgan. Aynan ulardan ota-bobolarimizga o‘tgan bo‘lishi mumkin. Olimlarning bu xulosalari bioRxiv elektron ilmiy kutubxonasida chop etilgan maqolada keltirilgan.
Neandertallar genetikasi bo‘yicha mutaxassis Xugo Seberg va shvetsiyalik genetik Svante Paaboning izohlashicha, CoViD-19 asoratlari bilan bog‘liq genom qismlari ham yevropalik, ham osiyolik neandertallarda aniqlangan.
Hozir bu genlar Bangladesh aholisining 63 foizida uchraydi. Paaboning fikricha, bu fakt nima uchun koronavirusdan bunchalik ko‘p bangladeshliklarning vafot etayotganini qisman izohlashi mumkin. Shuningdek, bu genlar yevropaliklarning 8 foizida uchraydi, amerikaliklar va Sharqiy Osiyo xalqlarida esa nisbatan kamroq qayd etilgan.
Olimlarning ta’kidlashicha, ehtimol, genomning bu qismlari ilgari odamlarga virusni yengishga yordam bergandir. Lekin o‘n ming yillar davomida hammasi keskin o‘zgargan bo‘lishi hech gap emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter