Prezidentlik sayloviga qancha pul sarflanishi ma’lum qilindi
Prezidentlik saylovi xarajatlar smetasi 174 milliard 130 million so‘m miqdorida tasdiqlandi.
Bugun Markaziy saylov komissiyasining yig‘ilishida Saylov kodeksi talablariga rioya qilingan holda muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasi 174 milliard 130 million so‘m miqdorida tasdiqlandi.
Mazkur mablag‘ avvalgi prezidentlik saylovi uchun ajratilgan mablag‘dan 41 foizga kam. Xarajatlar smetasiga ko‘ra mablag‘larning deyarli 82 foizi okrug va uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini tashkil etish uchun ajratilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter