Yevropaning to‘rtta davlati Ukrainaga katta yordam ajratadi
Yevropaning to‘rtta davlati Ukrainaga katta yordam ajratadi.
Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi ajratilishini e’lon qildi. Bu haqda kansler Ukrania rahbari Vladimir Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar beradi «Interfaks-Ukraina».
Shols ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya Belgiya, Daniya va Norvegiya bilan birgalikda Ukrainaga qo‘shimcha IRIS-T va Skynex havo mudofaa tizimlari, shuningdek, Gepard zenit tanklari, o‘ziyurar artilleriya birliklari, zirhli transport vositalari, jangovar dronlar, radarlarni beradi.
Olaf Shols, shuningdek, Germaniya budjetida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikki tomonlama yordam uchun 4 milliard yevro ajratilganini qo‘shimcha qildi va G7 davlatlari Ukrainaga 50 milliard dollar miqdorida kredit berishga rozi bo‘lganini eslatdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter