Prezidentlik saylovida majburiy imzo yig‘ish kuzatilmoqda. Alisher Qodirov izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Milliy tiklanish» partiyasining prezidentlikka nomzodi uchun majburiy imzo yig‘ilayotgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Ushbu holatga Alisher Qodirov izoh berdi.
«Prezidentlikka nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash uchun imzo yig‘ishda majburlash bo‘lmasligi kerak.
Sizni imzoingiz – huquqingizdir. Sizni majburlashlariga yo‘l qo‘ymang.
Yuqoridagi holat qaysi tumandagi qaysi maktabda sodir bo‘lgani aniqlanadi va tasdiqlansa ushbu imzo varaqalari umumiy ro‘yhatdan chiqarib tashlanadi.
Imzo yig‘ish jarayonida partiyamiz faollari tomonidan bosimga uchrasangiz ma’lumotlarni @alisherqodirov_bot manziliga ma’lum qiling.
Biz xalqimizga xizmat qilish yo‘lida samimiy va fidoyi tarafdorlarimizga tayanamiz.
Biz ochiq va shaffof raqobat tarafdorimiz», deb yozdi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter