Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentga atalgan kurkalar Vashingtondagi qimmat mehmonxonada «dam olishadi»

Prezidentga atalgan kurkalar Vashingtondagi qimmat mehmonxonada «dam olishadi»

Foto: «Shutterstock/FOTODOM / RelentlessImages»

AQShda afv etish marosimi uchun Jo Baydenga yetkaziladigan kurkalar Vashingtondagi eng yaxshi mehmonxonalardan biriga joylashtiriladi. Parrandalar shahar markazidagi Willard InterContinentalda yashaydi, deb yozadi «TASS».

Parrandalar qizil yo‘lakchada kutib olinadi, eng yaxshi xonaning kalitlari kurkalarga mehmonxona bosh menejeri tomonidan topshiriladi. Parrandalarni shinam xonada yumshoq ko‘rpa-to‘shaklar kutmoqda. Mehmonxona xodimlari ushbu shart-sharoitlarning barchasi muhim marosim oldidan kurkalarning dam olishlari uchun yaratilganini tushuntirdi.

Mehmonxona vakili parrandalar uchun taom tayyorlanishini ma’lum qildi. Zarur bo‘lganda qo‘shimcha xalat va yostiqlar ham beriladi.

Aytgancha, Shukrona kunida kurkalarni kechirish marosimi Bayden uchun birinchisi bo‘ladi. O‘tgan yili Tramp afv etgan parrandalarga So‘ta va Jo‘xori nomi berilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring