Prezident Xayrulla Sa’diyevni taqdirladi

Aktyor Xayrulla Sa’diyev Prezident farmoni bilan «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ma’lum qilgan.
O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa’diyev 1940-yil 6-dekabrda Toshkentda tavallud topgan.
U 1963-yil O‘zbekiston davlat teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan. Yosh tomoshabinlar teatrida Ibrohim Ahmedov, Afandixon Ismoilov, Vohid Qodirov kabi sahna ustalaridan aktyorlik san’ati sirlarini o‘rgangan.
G‘afur G‘ulomning «Shum bola» asari X.Sa’diyevni keng jamoatchilikka tanitdi. Shuningdek, aktyor qator filmlarda rollar o‘ynagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter