Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Turkiyaga jo‘nab ketdi

Prezident Turkiyaga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sakkizinchi sammitida ishtirok etish uchun 11-noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahriga jo‘nab ketdi.

Sammitda Kengash doirasidagi ko‘p tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, savdo, investitsiya, «yashil» iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Muloqot yakunida ko‘p tomonlama hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Davlatimiz rahbari tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring