Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Turkiya delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Turkiya delegatsiyasini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-aprel kuni, Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi doirasida, Turkiya Buyuk millat majlisi raisi Numan Kurtulmush boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Turkiya parlamenti raisi davlatimiz rahbariga prezident Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Ikki tomonlama hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiya ko‘rsatkichlari o‘smoqda, muvaffaqiyatli qo‘shma loyiha va korxonalar soni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar ko‘paymoqda. Ikki davlat va xalqni yaqinlashtirishga qaratilgan muhim madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirishga, O‘zbekiston-Turkiya sherikligining yangi kun tartibini shakllantirish, hududlararo hamkorlikni faollashtirishda, shuningdek, oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi ustidan nazoratni ta’minlashda do‘stlik guruhlarining ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring