Prezident topshirig‘i: majburiy mehnat masalasi favqulodda holat sifatida ko‘rib chiqiladi

Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida «Hududlarda dala va tozalash-obodonlashtirish ishlariga tibbiyot va ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar va ijtimoiy soha vakillarini jalb qilishni taqiqlash va ushbu holatlarga yo‘l qo‘ygan barcha darajadagi hokimlar va rahbarlarning shaxsiy mas’uliyat va javobgarligini oshirishga qaratilgan choralarni belgilash» masalasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur yig‘ilishda «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali muxbiri Jamshid Niyozov ham ishtirok etmoqda.
Muxbirimizning xabar berishicha, o‘qituvchiyu shifokorlarni jamoat ishlariga majburan jalb etgan rahbarlar va amaldorlarning ishi yuzasidan prokuratura va boshqa organ xodimlari ishtirokida alohida nazorat o‘rnatiladi.
Bosh vazirning qayd etishicha, Prezidentning maxsus topshirig‘iga ko‘ra, endilikda majburiy mehnat masalasi favqulodda holat sifatida yuqoridagi tashkilotlar bilan birgalikda alohida ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘ilish Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilganini alohida qayd etish kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter