Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident topshirig‘i asosida «Bekobod namunasi» ishlab chiqilgan, ammo bevosita mas’ul bo‘lgan adliya xodimlarining bundan hali xabari yo‘q

Prezident topshirig‘i asosida «Bekobod namunasi» ishlab chiqilgan, ammo bevosita mas’ul bo‘lgan adliya xodimlarining bundan hali xabari yo‘q

Foto: «Uza.uz»

Fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi xodimlarning o‘z ishiga qanchalik halol va vijdonan yondashayotganini aniqlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan muntazam ravishda «sirli mijoz» tadbirini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergandik.

Vazirlik tomonidan «sirli mijoz» tadbirini hududiy adliya organlari tomonidan ham o‘tkazilishi topshirilganiga qaramay, joylarda bunga panja orasidan qarash holatlari kuzatilmoqda.

«O‘zA» xabarida ma’lum qilinishicha, Adliya vazirligida o‘tkazilgan yig‘ilishda FHDYo organlari tomonidan olib borilayotgan ishlarga ham tanqidiy baho berilgan. Bu borada 232 organ aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Lekin ular oldiga qo‘yilayotgan eng dolzarb vazifalarga sovuqqonlik bilan qarayotir.

Prezidentimiz topshirig‘i asosida to‘y marosimlarini ixchamlashtirishga qaratilgan «Bekobod namunasi» ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi. Lekin bundan shu ishni bevosita amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan joylardagi adliya xodimlariing hali xabari yo‘q. Masalan, Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘idan bu haqda so‘ralganda u sukut saqlagan.  

Hozirda 58 million dalolatnoma yozuvi mavjud bo‘lib, ularning elektron arxivi yaratilmoqda. Bu fuqarolarga yaratilayotan katta qulaylik bo‘lib, zarur hujjatni tez va oson topish imkoniyatini yaratadi.

Bu borada Toshkent shahrida samarali ish olib borilmoqda. Biroq joylardagi 75 FHDYo organi tizim bo‘yicha umuman ish olib bormagan. Shuning uchun majlisda ishni jadallashtirish uchun har bir organga elektron arxivga ma’lumot kiritish bo‘yicha qat’iy yuklama qo‘yilishi aytildi.

Majlisda bundan buyon har bir soha bo‘yicha qattiq nazorat o‘rnatilishi ma’lum qilindi. Bundan o‘z vaqtida xulosa chiqargan xodimlargina tizimda ishlashda davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring