Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident tomonidan yangi qonun imzolandi

Prezident tomonidan yangi qonun imzolandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida» Qonun (O‘RQ–718, 30.09.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, quyidagi komissiyalar tashkil etiladi:

Muddatli xarbiy xizmatga chaqirish uchun:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yig‘in punktlarida – harbiy-tibbiy komissiya;
  • tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari huzurida Qurolli Kuchlarni butlash komissiyasi;

Muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, harbiy xizmatga chaqirishni kechiktirish va Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish uchun – mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi hududiy komissiya;

Chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, sog‘lig‘ining darajasini aniqlash va davolanishga yuborish uchun – mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi hududiy tibbiy komissiya.

Shuningdek, Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, harbiy xizmatchilarning, OTM kursantlarining, harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning va safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi xizmatni o‘tayotganlarning moddiy javobgarligi belgilandi.

Bunda mazkur shaxslar yetkazilgan zarar aniqlangan kundan e’tiboran 3 yil ichida moddiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring