Prezident surxondaryoliklar uchun yana bir imtiyozni ma’lum qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati faollari yig‘ilishidagi nutqi davomida mahalliy tadbirkorlariga beriladigan yana bir imtiyozni ma’lum qildi.
– Shu o‘rinda, yana bir muhim masala – yetarli e’tibor berilmayotgan mahalliy sanoat korxonalari bilan jiddiy shug‘ullanish kerak.
Ularni qo‘llab-quvvatlash uchun, import o‘rnini bosuvchi ijtimoiy-maishiy tovarlar (bolalar o‘yinchoqlari, qog‘oz, mebel, plastmassa va rezina buyumlar va hk.) ishlab chiqaruvchi mahalliy sanoat korxonalarini mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo va yarim fabrikatlarni import qilishda 2026 yil 1 iyulgacha bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilishni taklif etaman.
Bu imtiyoz faqat Surxondaryo viloyatidagi tadbirkorlarga beriladi. Chunki bu og‘ir hudud, biz uni ko‘tarish haqida o‘ylashimiz kerak, — dedi davlat rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter