Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni, haqiqatdan o‘zga hech narsani…

Prezident stipendiati turdosh magistraturaga imtihonsiz kiradimi?

Prezident stipendiati turdosh magistraturaga imtihonsiz kiradimi?

Foto: «Xs.uz»

Nomli davlat stipendiya sohiblari magistraturaning turdosh bo‘lmagan mutaxassisliklarga ham imtihonsiz qabul qilinadimi?

JAVOB: Yo‘q, ularning imtiyozi turdosh bo‘lmagan mutaxassisliklarga o‘tmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017-yildagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 7-bandida quyidagicha qoida belgilangan:

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari, shuningdek «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari talabalari va bakalavr darajasiga ega yoshlar oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassisliklarga tanlovdan tashqari alohida davlat grantlari asosida qabul qilinadilar».

Bundan kelib chiqadiki, agar yuqoridagi imtiyozlardan birortasi mavjud bo‘lgan abituriyent magistraturaning turdosh bo‘lmagan mutaxassisligiga hujjat topshirmoqchi bo‘lsa, unda ularga imtiyoz qo‘llanmaydi va umumiy asoslarda imtihonga kirishadi.

Bu mantiqan ham to‘g‘ri, filologiyani tugatgan talaba filologiya yo‘nalishidagi mehnatlari uchun davlat stipendiyasini qo‘lga kiritgan bo‘lsayu, lekin hujjatini iqtisod mutaxassisligiga topshirsa, unda kechirasiz, avval iqtisod bo‘yicha dastlabki bilimlarga ega ekanligini isbotlasin, ana undan so‘ng, magistraturaga qabul qilinishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring