«Prezident sovg‘asi» tarkibiga nimalar kiritilgani ma’lum bo‘ldi
Yangi yil bayrami munosabati bilan yurtimizdagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun beriladigan «Prezident sovg‘asi» karvonlari hududlarga jo‘nab ketmoqda.
Bugun poytaxtimizda «Prezident sovg‘asi»ni qadoqlash, hududlarga jo‘natish jarayonlari doir tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir doirasida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur tashkil etilib, jarayonlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Umumiy hisobda 11 000 dona tayyorlangan «Prezident sovg‘asi» tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari, smart soat, darts magnit taxtasi va boshqa sovg‘alar kiritilgan.
Shuningdek, 12 yoshdan katta 1600 nafar tarbiyalanuvchilar sovg‘alari tarkibiga planshetlar ham kiritilgan.
«Prezident sovg‘asi» hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30 dekabr kunlari tantanali tarzda topshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter