Prezident Sirdaryoga yetib bordi (foto)
Bugun tongda Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori dambasidan suv chiqqan. Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan tezkor chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, suv ombori yaqinidagi qishloqlar aholisi evakuatsiya qilinmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev zudlik bilan Sirdaryo viloyati Sardoba tumaniga yetib bordi.
Vaziyat to‘liq nazoratga olingan, sarosimaga tushishga asos yo‘q, deb xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter