Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident — Sherobodda! Endi bemorlar Termizga borishlari shart emas

Prezident — Sherobodda! Endi bemorlar Termizga borishlari shart emas

Foto: «President.uz»

Shavkat Mirziyoyev Sherobod tumanidagi «Euro med plus» xususiy diagnostika va davolash markazi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yaqinda foydalanishga topshirilgan mazkur tibbiyot muassasasi kompyuter tomografi, raqamli rentgen, ultratovush tekshiruvi, videogastroskop, videokolpaskop uskunalari bilan jihozlangan. Shuningdek, bemorlarni ultratovush, elektr, magnit, lazer bilan davolash, umurtqa churralarini traksion cho‘zish yo‘llari bilan sog‘lomlashtirish imkoniyatlari mavjud.

Endilikda shoshilinch holatlarda bemorlar Termiz shahridagi tibbiy markazlarga borib kelish tashvishidan qutuldi. Agar 182 mingdan ortiq aholi istiqomat qiluvchi Sherobod, qo‘shni Muzrabot, Boysun, Angor, Qiziriq tumanlarida tez va aniq tashxis quyishda zarur bo‘lgan zamonaviy uskunalar yetishmasligini hisobga olsak, mazkur tibbiyot maskani faoliyatining dolzarbligi yanada namoyon bo‘ladi.

Ushbu markazda tibbiyot kollejlari o‘quvchilari uchun amaliyot markazi tashkil etilgan. Shuningdek, kelgusida jarrohlik amaliyotlarini bajarish ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Davlat rahbari klinika imkoniyatlari bilan tanishar ekan, mazkur shifo maskani bilan poytaxtdagi «Akfa Medlayn» klinikasi o‘rtasida hamkorlikni, tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev tumanning Taroqli mahallasida ham bo‘lib, «Pokiza» maktabgacha ta’lim nodavlat muassasasi faoliyati bilan tanishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring