Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu haftada Samarqandga boradi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan davlat rahbarining ushbu haftadagi ish rejasi ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, bugun Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishi rejalashtirilgan. Shuningdek, davlat rahbari Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi a’zolari Trent Kelli va Derin Laxudni qabul qiladi.
Hafta davomida Shavkat Mirziyoyev hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga borishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, davlat rahbari hafta davomida iqtisodiy va ijtimoiy masalalarga bag‘ishlangan bir qator yig‘ilish va muhokamalarni o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter