Prezident Sergelidagi maktab direktoriga yuksak unvon berdi
Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumani 300-maktab direktori Nigora Saidxo‘jayevaga «O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi» faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
«Xalq ta’limi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yosh avlodni ezgu g‘oyalar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, jonajon Vatanimiz va xalqimizga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash, kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlar qalbida ilm-fan va bilimga intilish, mehnatsevarlik va bag‘rikenglik ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Toshkent shahri Sergeli tumani 300-maktab direktori Saidxo‘jayeva Nigora Ergashevnaga "O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi" faxriy unvoni berilsin», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter